O‘zbekiston | 14:53 / 04.05.2021
6343
2 daqiqa o‘qiladi

Deputatlar Saylov kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ta'kidlanganidek, tayyorlangan mazkur qonun loyihasi bilan Saylov kodeksining 11ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni tuman (shahar) hokimliklarini kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda o‘tkazish, bunda, ushbu tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligi, saylovchilar partiyani yoxud O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yganda ma'lumotnomada identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va tartib raqamini kiritish kabi normalar bilan to‘ldirildi.

Bundan tashqari, loyiha bilan saylov komissiyalari harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi 11-18 nafar a'zodan iborat tarkibda tuzilishi taklif etilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Mavzuga oid