Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qulupnayzorning payhon qilinishi ortidan kelib chiqqan janjal o‘lim bilan tugadi
Joriy yilning 3 may kuni taxminan soat 17:30 larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi qulupnayzorda mudhish voqea sodir bo‘lgan. Bu haqda tumanning «Istiqlol» MFY profilaktika inspektori Sherali Ubaydullayev Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Uchqo‘rg‘on tumani, «Istiqlol» MFY, Sohibkor ko‘chasida yashovchi 28 yoshli fuqaro A.Hasanov o‘ziga tegishli dala maydonida shu mahallaning Sohibkor ko‘chasida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Ergashev bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Mojaro A.Ergashevga tegishli hayvon A.Hasanovning qulupnayzoriga kirib ketib, payhon qilgani ortidan kelib chiqqan. O‘zaro janjal vaqtida A.Hasanov A.Ergashevning chap bosh ensa sohasiga ketmon bilan urgan. Natijada A.Ergashev og‘ir turdagi tan jarohati bilan tumandagi markaziy shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, A.Ergashev shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Avvalroq, to‘raqo‘rg‘onlik ayol eri boshqa ayollar bilan xiyonat qilib yurgani bois qo‘rqitib qo‘yish maqsadida bir necha shaxsni yollagani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
09:52 / 07.02.2025
Toshkentda janjal vaqtida haydovchi Gentra’ni odamlar ustiga haydadi
22:29 / 17.01.2025