O‘zbekiston | 14:36 / 06.05.2021
7359
2 daqiqa o‘qiladi

Uchqo‘rg‘ondagi qulupnay dalalariga kelganmisiz?

Foto: KUN.UZ

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani Qayqi qishlog‘i qulupnay yetishtirishda yetakchi maskan hisoblanadi. Ushbu qishloqda xonadon borki, barida qulupnay ekiladi.

Gulnora Cho‘lponova

Gulnora Cho‘lponova ham oilasi bilan azaldan qulupnay ekib keladi. Avvallari qulupnayning jaydari navini ekishgan bo‘lsa, hozirda "Charli" va "Izabella" nomli navlarini yetishtirishmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil birinchi hosilning kilosini 45 ming so‘mdan sotishgan. Ilk hosil ikki tog‘ora chiqqan bo‘lsa, hozirda kuniga 10 tog‘oradan qulupnay uzilmoqda.

Qayqiliklar aholining katta qismi aynan qulupnay ortidan daromad qiladi. Gulnora opaning aytishicha, bu yilgi daromaddan nabiralariga to‘y ham qilib bermoqchi.

Uchqo‘rg‘on qulupnaylari nafaqat vodiyga balki, O‘zbekistonning boshqa hududlariga yetkaziladi hamda MDH davlatlariga ham eksport qilinadi.

Uchqo‘rg‘onga xar yili aprel oxiri va may oylarida ko‘plab yurtdoshlarimiz qulupnay sayliga kelishadi.

Mavzuga oid