Foto: Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi

Joriy yil 6 may kuni soat 17:20larda Namangan viloyatida suv toshqini yuz bergan. Buning oqibatida ayrim yo‘llarda transportlar harakati cheklandi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Pop tumani “Nayman” QFY hududidan o‘tgan 4R-126 yo‘nalishida harakatlanish “Baliqchi q. – Mingbuloq q. – Nayman q. – Pungon q” avtomobil yo‘li (Qo‘qon shahriga olib boruvchi) orqali tashkil etilgan.
"Pop – Qo‘shminor 2" temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 106-km.da temir yo‘l izini loy aralashmasi ko‘mib tashlaganligi tufayli temir yo‘lda poyezdlar harakati cheklandi.
“Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:16 / 18.05.2025
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

21:56 / 15.05.2025
Namanganda gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

18:39 / 14.05.2025
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi

16:59 / 09.05.2025