O‘zbekiston | 16:18 / 08.05.2021
13262
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘ofurjon Shukurov boshqa ishga o‘tkazildi

G‘ofurjon Shukurov (o‘ngda) Foto: Gazeta.uz

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G‘ofurjon Shukurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan 7 may kuni lavozimidan ozod etilgan. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga qo‘mita axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov tasdiqladi.

Ma'lum bo‘lishicha, G‘ofurjon Shukurov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari bo‘lgan Otabek Choriyevning o‘rniga Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, G‘ofurjon Shukurov 2010 yildan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Mavzuga oid