Jamiyat | 17:40 / 12.05.2021
3883
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida «Kamaz» haydovchisi vafot etdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida haydovchining uxlab qolishi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida «Kamaz» haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 7 may kuni soat 03:10 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan o‘tuvchi 976-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu yuk mashinasini Toshkent-Termiz yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotib, uxlab qolgan. So‘ng, o‘zidan oldinda yo‘l chetida to‘xtab turgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Kamaz» yuk mashinasiga borib urilgan.

Oqibatda «Kamaz» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga oid