O‘zbekiston | 07:46 / 14.05.2021
6372
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘riqxonalarning qo‘riqlanma zonalari maydoni tasdiqlandi

Foto: protoday.uz

Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 5 maydagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalarini belgilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Ekologik turizmni rivojlantirish, kamyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlar turlarini saqlab qolish maqsadida tutash hududlarda quyidagi davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalarini tashkil qilish:

  • Zomin – 4 016,4 ga;
  • Nurota – 20 312,87 ga;
  • Qizilqum – 3 104 ga;
  • Surxon – 16 695 ga.

Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida joylashgan (395,6 ga) “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obektini qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Ko‘rsatilgan davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalari va “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obekti maydoni tasdiqlandi. Qo‘riqlanma zona hududidagi yerlar ushbu zonalardagi mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tasarrufida qoladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasiga ikki oy muddatda Hisor, Zomin, Qizilqum, Surxon va Nurota davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash topshirildi.

Qaror prezidentning “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 20 martdagi qarorini ijro etish maqsadida qabul qilingan.

Mavzuga oid