Sport | 23:29 / 15.05.2021
12982
2 daqiqa o‘qiladi

«Lester» «Chelsi»ni mag‘lub etib, ilk bor Angliya kubogi sohibiga aylandi

Foto: AP

Londondagi «Uembli» stadionida 20 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tkazilgan Angliya kubogi finalida «Lester» «Chelsi»ni mag‘lub etib, eng qadimiy turnir bosh sovriniga ega chiqdi.

Uchrashuvning 63-daqiqasida Yuriy Tilemans chamasi 30 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan Arrisabalaga darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Rojyers tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan Morgan 88-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan edi, ammo vaziyatga VAR aralashib, gol bekor qilindi.

Natijada, «Lester» «Chelsi» bilan bahsda minimal hisobdagi ustunlikni saqlab qolgan holda o‘z tarixida ilk bor Angliya kubogi sohibiga aylandi. 

Angliya kubogi. Final. 15 may

Chelsi – Lester 0:1
London, Uembli, 21 ming tomoshabin.
Gol: 0:1 – 63 Tilemans.
Chelsi – Arrisabalaga, Jyeyms, Tiago Silva, Aspilikueta (Hadson-Odoi, 76), Alonso (Chiluell, 68), Ziyosh (Pulishich, 68), Jorjino (Haverts, 75), Maunt, Kante, Ryudiger, Verner (Jiru, 82).
Lester – Shmeyxel, Kastan, Fofana, Evans (Olbrayton, 34), Tomas (Morgan, 82), Ndidi, Tilemans, Peres (Chouduri, 82), Suyunju, Iheanacho (Meddison, 67), Vardi.

Mavzuga oid