O‘zbekiston | 19:41 / 16.05.2021
1889
1 daqiqa o‘qiladi

Asakadagi avtohalokatda jarohatlangan «Labo» haydovchisi vafot etdi

Andijon viloyati Asaka tumanida «Labo» to‘xtab turgan «Gaz» yuk avtomobiliga urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgani va «Labo» rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar bergan edik.

Voqea 2 may kuni soat 14:00larda Andijon viloyati Asaka tumani, Yangisor ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. «Labo» rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-53» rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Kun.uz manbalarining xabar berishicha, «Labo» haydovchisi U.A. 15 may kuni jarohatlar oqibatida vafot etgan. 

Ma'lumot uchun, avvalroq Andijonda mashina ag‘darilib ketgani, shuningdek, asfalt yo‘lga yuk mashinasi botib qolgani (https://t.me/kunuzandijonvil/4311) haqida ham xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid