Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda uy hayvonlariga hujum qiladigan yana bir noma'lum hayvon o‘ldirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketgan noma'lum hayvon urib o‘ldirilgani haqida maqolalar tarqalgandi. Ushbu holat viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Qamashi tuman Boburtepa MFY Pastqol qishlog‘idagi qo‘y-qo‘zilarni no'malum hayvon bo‘g‘izlab o‘ldirib ketgan. Noma'lum hayvon 4 ta xonadonda 6 dona qo‘yga zarar yetkazganligi aniqlangan.
Aholi tomonidan navbatchilik tashkillashtirilib, 14 may kuni hayvon tutilib o‘ldirilgani ma'lum qilingan.

Hayvon mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda Chiyabo‘ri yirtqichlar turkumiga kiruvchi itsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Avvalroq, viloyatning Kasbi tumanida noma'lum hayvon uy hayvonlariga hujum qilgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 09.05.2025
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
10:06 / 20.03.2025
Xitoyda uy hayvonlarini klonlash xizmati ommalashmoqda
09:12 / 02.02.2025
Qashqadaryoda oilani yarashtirishga borgan profilaktika inspektori pichoqlandi
23:04 / 13.09.2024