Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
Bu hodisa haqida Qashqadaryo emas, Buxoro viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi.
Buxoro viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha (!), hodisa 2024 yil 11 sentabr kuni Qamashi tumanidagi maktablardan birining oldida yuz bergan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan 8-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan.
Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan bu hodisa Buxoro viloyatida joylashgan maktablarning birida YHXB xodimlari va o‘quvchilar ishtirokida muhokama qilingan.
Xabarda hodisa qanday yuz bergani haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Qashqadaryo viloyati IIB YHXBning Telegram kanalida esa odam o‘limi bilan bog‘liq bu YTH haqida umuman ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025