O‘zbekiston | 08:18 / 18.05.2021
2282
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan shahar DXMning “Bunyodkor” filiali ochildi

Unda Namangan viloyat hokimi, sektor rahbarlari va tegishli idora vakillari ishtirok etdi.

Mazkur binoda 12 mingdan ortiq aholi 157 turdagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Avvallari "Bunyodkor" va unga yondosh bo‘lgan mahalla ahli 2 ta transportga minib, 18 kilometr yo‘lni bosib o‘tgan holda davlat xizmatlaridan foydalanishar edi.

Endilikda fuqarolar o‘zlariga qulay vaqtda davlat xizmatlarida ko‘rsatilayotgan xizmatdan o‘z mahallasida foydalanishi mumkin. 
 
Hozirga qadar, mazkur filial xizmatlaridan 600 nafar fuqaro foydalanishga ulgurgan.

Mavzuga oid