O‘zbekiston | 16:11 / 19.05.2021
2973
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonning ikki tumanida yer sotish bilan bog‘liq holat aniqlandi

Andijon viloyati Xonobod va Bo‘ston tumanlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Xonobod shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.K. fuqaro F.ning ishonchiga kirib, Xo‘jaobod tumanida bog‘dorchilik uchun ajratilgan 0,8 gektar yer maydonidan bir qismini tanishlari orqali turar joy qurish uchun yer ajratib berishni va'da qilib, oldindan kelishilgan 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro S.O. va boshqalar 6 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, “A.” MChJga tegishli yer maydonining bir qismini 1 yil muddatga sabzavot va poliz ekinlari ekish uchun ajratib berishga va'da berib, evaziga ularning 43,8 mln so‘m va 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid