O‘zbekiston | 07:17 / 19.05.2021
3655
2 daqiqa o‘qiladi

Uychi tumanining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Apaqov Muhammadayubxo‘ja Po‘latovich O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi  huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Namangan mintaqaviy filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Muxammadayubxo‘ja Apaqov 1968 yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent moliya institutini, 2004 yilda Namangan davlat universitetini, 2008 yilda esa  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodchi, huquqshunos, davlat boshqaruvi mutaxassiliklariga ega.

Mehnat faoliyatini 1985 yilda Namangan viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaligida boshlagan. 1994-2005 yillarda Davlat soliq tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2005-2008 yillarda Kosonsoy tumani hokimi o‘rinbosari, 2008-2015 yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri vazifalarida ishlagan. 2015-2017 yillarda viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi direktori, 2017-2018 yillarda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021 yillarda Uychi tumani hokimi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 19 fevralda Namangan viloyati faollar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Uychi to‘rtligini ishdan olgan edi.

Mavzuga oid