Jahon | 16:43 / 20.05.2021
8000
2 daqiqa o‘qiladi

Maradonaning o‘limi bo‘yicha yetti nafar shifokorga ayblov e'lon qilindi

Prokuratura xabarida aytilishicha, mashhur futbolchining salomatligiga mas'ul bo‘lgan shifokorlar brigadasi o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan va uning holatiga yetarlicha e'tibor qaratmagan.

San-Isidro shahri bosh prokuraturasi futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi ishi bo‘yicha yetti nafar shifokorga ayblov e'lon qildi, deb xabar berdi EFE agentligi.

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, ular 8 yildan 25 yilgacha muddatga qamalishi mumkin. Prokuratura xabarida aytilishicha, mashhur futbolchining salomatligiga mas'ul bo‘lgan shifokorlar brigadasi o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan va uning holatiga yetarlicha e'tibor qaratmagan.

Afsonaviy futbolchi o‘tgan yil 25 noyabrda vafot etgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Maradonaning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Biroq politsiya uni davolagan shifokor Leopoldo Luke hamda uning o‘limi kuni uyida navbatchilik qilgan hamshirani loqaydlikda gumon qilgan. 

Toksikologik ekspertiza Maradona organizmida spirtli ichimlik yoki giyohvand modda izlarini aniqlamagan. Kriminalistlar ham sportchining qoni va siydigini tahlil qilishganda unda faqatgina psixotrop vositalar borligini aniqlashgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid