O‘zbekiston | 17:10 / 22.05.2021
415
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda fan olimpiadalari respublika bosqichi o‘z ishini boshladi

Umumta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi. Fizika, informatika, tarix fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov jarayonlari Namangan viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Bugun Namangan shahrida olimpiada respublika bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng olimpiadaning 1-turi boshlandi. Mamlakatning eng iqtidorli 111 nafar ishtirokchilari qatnashayotgan mazkur tadbirda Xalq ta'limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti direktori Umid Rahmonov, viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayevlar o‘quvchilarga sinovlarda omad va muvaffaqiyatlar  tiladi.

 Tadbirda  bevosita O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti rektori Park Jun Xo va muassasa professor o‘qituvchilari ishtirok etib, olimpiada jarayonlarini yuqori baholadi.
 
O‘quvchilar belgilangan auditoriyalarda imtihonlarga kirishdi. 

Ma'lumot uchun, fizika fanidan 35, informatika fanidan 34, tarix fanidan 42 nafar o‘quvchilar uchun Namangan muhandislik-texnologiya institutda yotoqxona, oshxona va barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishi uchun kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya uzatilmoqda. 

Ishtirokchilarning ota-onalari va mehmonlar uchun jarayonlarni kuzatishga monitorlar o‘rnatilgan. 

Ta'kidlash joizki, mazkur fan olimpiadasining respublika bosqichida 7 ta viloyat vakillari qatnashmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid