Jahon | 20:40 / 22.05.2021
6003
1 daqiqa o‘qiladi

Virgin kompaniyasi kosmik turistlar uchun mo‘ljallangan kemasi sinovini boshladi

Virgin Galactic kosmik kemasining sinov parvozlaridan biri o‘tgan yil dekabrda muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.

Foto: Virgin Galactic

22 may kuni Virgin Galactis kompaniyasining SpaceShipTwo Unity kosmik kemasi AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi «Amerika» kosmoportidan samoga parvoz qildi. Bu haqda kompaniya o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.

Kosmik kema bortida ikki nafar uchuvchi bor. Kompaniyaning bildirishicha, sinov muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo‘lsa, birinchi tijoriy parvozdan oldin o‘tkaziladigan yana uchta sinov parvozi qoladi.

Virgin Galactic kosmik kemasining sinov parvozlaridan biri o‘tgan yil dekabrda muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. 

Kompaniya 20 may kuni navbatdagi sinov parvozi 22 mayda amalga oshirilishini e'lon qilganidan so‘ng uning aksiyalari narxi 20,15 foizga o‘sdi.

Virgin Galactic — kosmik turizm sohasida dunyodagi birinchi kompaniya. O‘tgan yil noyabrda kompaniya 2021 yilning birinchi choragi oxirida Virgin Group asoschisi Richard Brenson kosmik kemada parvoz qilishini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid