Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murat Kamalov maktab bitiruvchilarini tabrikladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov Nukusdagi 46-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida o‘tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida qatnashdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar bermoqda.

Murat Kamalov davlat rahbarining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigida “Maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi e'tibordan chetda qolmaydi. Ularning har biri xalqimiz, Vatanimizning cheksiz mehri va yuksak e'tiborini his qilib yashaydi. Sizlarning hayotda o‘z munosib o‘rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etadi” — deya katta e'tibor ko‘rsatib, bitiruvchi yoshlarga yuksak ishonch bildirganligini ta'kidladi.

Ma'lumot uchun, 46-sonli maktabda 152 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitirmoqda. Ular orasida 9 o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan bitirgan. 12 o‘quvchi muddatidan oldin AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, BAA, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga kirdi.

Mavzuga oid
19:31 / 28.08.2022
Navoiy viloyati birinchi, Surxondaryo viloyati oxirgi o‘rinda – maktab bitiruvchilarining qabul ko‘rsatkichi e’lon qilindi
12:30 / 26.08.2022
Murat Kamalov Jo‘qorg‘i Kenges raisligidan ketdi
17:17 / 24.06.2021
Bitiruvchi maktabdan attestatini olishi shartmas, hammasi onlayn bazada bor - vazir
14:05 / 14.05.2021