Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon 8,45 milliard dollarga Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasini sotib oladi
AQShning Amazon internet-riteyleri Hollivudning Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasini 8,45 mlrd dollarga sotib olishga kelishib oldi. Bu xarid Amazon Prime striming xizmatiga kinostudiyaning ko‘p sonli filmlariga egalik qilish huquqini beradi.
Amazon Studios va Prime Video vitse-prezidenti Mayk Hopkinsning ma'lum qilishicha, MGM filmlar kutubxonasida 4 mingdan ko‘proq film va 17 ming teleshou bor.
Endilikda bitim yopilishi uchun mutasaddi idoralar ruxsatini olishi kerak.
MGM’ning eng yirik aksiyadori AQShning Anchorage Capital Group xej-fondi hisoblanadi. Oxirgi yillarda xej-fond past ko‘rsatkichlar va mijozlar ketishi sababli bosim ostida qolgandi. Uning sarmoyalari asosiy qismi esa MGM’ga to‘g‘ri kelgan.
MGM kinofilmlar va teleshoular ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Unga “Rokki”, “Qo‘zichoqlar sukuti”, Yomg‘ir odami”, “Terminator” kabi mashhur filmlar tegishli. Shuningdek, kinostudiya Danjaq LLC bilan birga britan razvedkasi josusi Jyeyms Bond haqidagi filmlarga egalik huquqiga ega.
Kompaniyaning joriy yil 1-chorakdagi tushumi 403 mln dollarni, sof daromadi esa 29 mln dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025