Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada qayiq to‘ntarilishi oqibatida 150dan ko‘proq odam cho‘kib ketdi
Nigeriyaning shimoliy qismida Niger daryosida me'yoridan ortiq yuklangan qayiq to‘ntarilishi oqibatida 150dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, ular cho‘kib ketgan deb hisoblanmoqda.
Qayiqda 180ga yaqin odam bo‘lgan. Vaholanki, uning bortiga 80dan ortiq odam olish mumkin bo‘lmagan.
«Ayni vaqtda 20 kishi tirik, 4 kishi o‘lik holda topilgan, qolgan 156 kishi cho‘kib ketgan deb hisoblanmoqda», deb aytgan suv yo‘llari boshqarmasi vakili Yusuf Birma.
Kebbi shtatining Ngaski tumani ma'muriyati vakili Abdullohi Buxoriy Varaning ma'lum qilishicha, qayiqda, shuningdek, yaqin oradagi oltin konidan olingan qum tashib ketilayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025