Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqidiy maqoladan keyin Chinortepa ko‘chasida amaliy ishlar boshlab yuborildi
E'lon qilingan lavha ortidan "Qiyqi" mahallasida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Kun.uz saytida "Qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirib kelishyapti — Qo‘shtepadagi "Qiyqi" mahallasi muammolari qachon hal bo‘ladi?" sarlavha ostida tanqidiy maqola e'lon qilingan bo‘lib, unda «Qiyqi» MFY Chinortepa ko‘chasidan yillar davomida to‘planib qolgan muammolari bayon qilingan edi.

Maqolada ichimlik suvi, chirib bitgan stolba hamda ichki yo‘llar holati tanqid ostiga olingan edi.
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, hududdagi mavjud elektr ta'minotiga oid muammolarni tezkorlik bilan ijobiy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida jamiyat rahbariyati tomonidan ishchi guruh tuzilgan.

Mahallaga 15 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlari olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari boshlangan.
Shuningdek, murojaatchilarning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, mahallaga ichimlik suvini tortish uchun amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Avvalroq, Furqat tumani Yangi qishloqdagi katta yo‘l bo‘yiga o‘rnatilgan tayanchlar “xizmatini o‘tab” egilib qolgani sababli yo‘ldan o‘tayotgan transport va fuqarolar uchun xavf tug‘dirayotganligi haqida lavha berilgan edi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025