O‘zbekiston | 16:00 / 29.05.2021
1272
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda fuqaroga uy olib berishni va'da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent  viloyati Ohangaron shahrida fuqaroga uy olib berishni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda

Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro J.B. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, 2 500 AQSh dollari evaziga uning nomiga shaharning 4-kichik tumani 20-uyda joylashgan xonadonni tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib olib berishni va'da qilib, kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid