Jahon | 14:21 / 01.06.2021
15851
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik olim COVID-26 va COVID-32 virusi haqida ogohlantirdi

Taniqli amerikalik olim Piter Xotezning ta'kidlashicha, COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishini tushunish va chuqur tahlil qilish kelajakdagi insoniyat salomatligi va xavfsizligi uchun juda muhimdir.

Narayan Maharjan/NurPhoto via Getty Images

Amerikalik olim Piter Xotez COVID-26 va COVID-32 xavfi haqida ogohlantirmoqda. Uning fikriga ko‘ra, yetakchi virusologlar, epidemiologlar va boshqa mutaxassislarni epidemiya boshlangan Xitoyning Uhan shahriga yuborish va kasallik kelib chiqishini chuqur o‘rganish kerak.

«Biz COVID-19’ning kelib chiqishini to‘liq anglamas ekanmiz, yer yuzida COVID-26 va COVID-32 paydo bo‘ladi», – deya ta'kidlamoqda Baylor Universitetining molekulyar virusologiya va mikrobiologiya sohasi bo‘yicha professori Piter Xotez.

Ekspertning fikriga ko‘ra, bu masalada Xitoy bilan hamkorlik qilmasdan koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida ma'lumot olish qiyin bo‘ladi.

Viruslar bo‘yicha boshqa bir yetakchi mutaxassis, doktor Entoni Fausi ham bundan keyin koronavirusning tabiiy kelib chiqqanligi haqidagi uydirmalarga ishonmasligini ta'kidlab o‘tgan.

Avvalroq, britaniyalik olim Angus Dalglish COVID-19 namunalarida unikal «barmoq izlari» mavjudligini va bu faqatgina laboratoriyada o‘tkazilgan manipulyatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid