O‘zbekistonga yana 70 ming doza «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
1 iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aprel oyida O‘zbekistonga ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida AstraZeneca vaksinasidan 660 ming doza, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan jami 3,5 million doza (27 martda 1 million doza, 27 aprelda 1 million doza, 18 mayda 1 million doza va 19 mayda 500 ming doza) keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Mavzuga oid

07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi

10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi

16:41 / 31.01.2022
O‘zbekistonlik biolog: Ilk vaksina musulmon olimi tomonidan yaratilgan

08:44 / 19.01.2022