Xorazmda 1 kunda 9 ta bolalar bog‘chasi ochildi
«1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»da Xorazm viloyatida 9 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti (MTT) faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, Urganch shahrida 150 o‘ringa mo‘ljallangan 1 ta, Qo‘shko‘pir tumanida 2 ta, Urganch tumanida 1 ta, Hazorasp tumanida 2 ta davlat MTT ish boshladi.
Xiva tumanida «Gandimiyon nihollari» va Bog‘ot tumanida 2 ta nodavlat MTT bayram sanasida bolalarga o‘z eshigini ochdi. Shovot tumanida «Baxtiyor bolalik uyi» MTT 75 bolani qamrab olgan holda ish boshladi.
Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyat boshlashi natijasida 1215 nafar bola ta'lim-tarbiya jarayoni bilan qamrab olindi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 16,4 milliard so‘m, nodavlat MTT uchun 10,1 milliard so‘m mablag‘ jalb qilindi.
Mavzuga oid
13:09 / 01.07.2021
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi
10:05 / 16.06.2021
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda 40ta nodavlat bog‘cha tashkil etilishi uchun qariyb 11 mln dollar ajratadi
14:01 / 12.06.2021
Olis hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi
12:08 / 12.06.2021