Jamiyat | 19:44 / 02.06.2021
35219
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik alpinist Everest cho‘qqisiga chiqdi

O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 16:45da dunyodagi eng baland tog‘ – Everestning 8848 metrli Jomolungma cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu haqda alpinistning yaqinlari Kun.uz'ga xabar berdi.

Sergey Denisenko Himolay tog‘lariga ukrainalik jamoa bilan birga chiqqan.

Noqulay ob-havo tufayli cho‘qqiga chiqish 59 kunga cho‘zilgan. Cho‘qqidan piyoda tushish uchun esa 2 kun kifoya qilgan.

Sergey Denisenko dunyodagi eng baland cho‘qqining zabt etilishini O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga sovg‘a ekanini aytgan. U cho‘qqida O‘zbekiston bayrog‘i va prezident Shavkat Mirziyoyevning portreti bilan suratga tushgan.

Ma'lum qilinishicha, Denisenko o‘zbekistonlik alpinistlar orasida birinchi bo‘lib Everestning Nepal davlati tomonidagi qismidan yo‘lga chiqib cho‘qqini zabt etgan.

Alpinistning yaqinlari Kun.uz'ga sayohat davomida olingan suratlarni ham taqdim qilishdi.

Mavzuga oid