Himoloy tog‘larida 8 alpinist yo‘qolib qoldi
Himoloy tog‘larida Sharqiy Nanda Devi cho‘qqisiga ko‘tarilish vaqtida yo‘qolib qolgan 8 alpinist qidirilmoqda. Ushbu cho‘qqi Hindistondagi eng baland (7400 metrga yaqin) va murakkab cho‘qqilaridan biri hisoblanadi. Bu haqda 1 iyunda CNN telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, gap alpinistlar xalqaro guruhi haqida ketmoqda. Cho‘qqiga ko‘tarilishda hammasi bo‘lib 12 alpinist ishtirok etgan, ular 13 may kuni cho‘qqiga ko‘tarilishni boshlashgan.
12 kun o‘tib, 25 may kuni 4 alpinist tayanch lagerga qaytib kelgan. Rejaga ko‘ra, butun guruh bazaga 26 mayda qaytishi kerak bo‘lgan.
Yo‘qolib qolgan alpinistlar orasida 4 britaniyalik, 2 amerikalik, bir nafar avstraliyalik va aloqa uchun javobgar hind bo‘lgan.
Ekspeditsiyani tashkillashtirgan Himalayan Run & Trek kompaniyasi alpinistlarni bir necha kun kutgan, biroq ular qaytishmagan. Mahalliy hokimiyat alpinistlarning yo‘qolgani haqida 31 may kuni xabardor qilingan.
Mavzuga oid
19:44 / 02.06.2021
O‘zbekistonlik alpinist Everest cho‘qqisiga chiqdi
08:10 / 10.04.2020
Hindiston aholisi karantin sababli 30 yil ichida ilk bor Himoloyni ko‘ra oldi
17:04 / 27.05.2019
Everestda avstraliyalik alpinist behush holda topildi
12:16 / 13.10.2018