Jahon | 20:01 / 03.06.2021
11723
2 daqiqa o‘qiladi

Boshqirdistonda 107 yil davomida qurilgan masjid foydalanishga topshirildi

Foto: Idel Suleymanov

Rossiyaning Boshqirdiston respublikasida 1914 yilda poydevori qo‘yilgan masjid musulmonlar uchun eshiklarini ochdi. Respublikaning Burayevo tumani, Burayevo qishlog‘ida 107 yil avval mahalliy tadbirkor tomonidan barpo qilinishi boshlangan masjid rekonstruksiyadan so‘ng, 2021 yil may oyi oxirida faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Bash.news xabar qilmoqda.

O‘z vaqtida masjid uchun qurilgan binodan boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Qishloq aholisi va saxovatpesha insonlar ko‘magida «Tarixiy-masjid»ni o‘zining avvalgi holatiga qaytarish imkoni bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, masjid qurilishini moliyalashtirgan yirik savdogar Sharofiddin Hamidov masjid tomini yopish va minorasining qurilish ishlari yakunlanishi arafasida quloq bo‘lishdan qochib, vatanini tark etgan va oilasi bilan Xitoyga qochgan. Shu bilan Burayevodagi 7-jome masjidi ochilmay qolgan.

1 asrlik masjiddan g‘alla ombori, qishloq kutubxonasi, kinoteatr sifatida foydalanilgan. 2000-yillar boshida esa, ko‘ngilochar markazi qurish maqsadida butunlay buzib tashlash ham rejalashtirilgan. Ammo, mahalliy aholining masjidni qattiq turib himoya qilishi bunga imkon bermagan.

«Tarixiy-masjid» – respublika shimoli-g‘arbidagi eng keksa machit hisoblanadi. 

Mavzuga oid