Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Walmart 740 ming nafar xodimiga Samsung smartfonlarini bepul tarqatadi
Ushbu smartfonlarga Me@Walmart ilovasi o‘rnatiladi. Ma'lumot berilishicha, mazkur ilova xodimlarning doimo aloqada bo‘lishi va o‘z vazifalarini yanada samarali bajarishlariga imkon beradi.
Amerikaning Walmart riteyleri o‘z xodimlariga Samsung Galaxy XCover Pro smartfonlarini bepul tarqatishini e'lon qildi. Yil oxiriga qadar kompaniyaning 740 ming nafar xodimi smartfonga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, chakana bozorda bu smartfonning narxi 500 dollar turadi.
Ushbu smartfonlarga Me@Walmart ilovasi o‘rnatiladi. Ma'lumot berilishicha, mazkur ilova xodimlarning doimo aloqada bo‘lishi va o‘z vazifalarini yanada samarali bajarishlariga imkon beradi.
Ilova yordamida ishga kelish-ketish vaqtini qayd etish, ish grafigini kuzatib borish, boshqa xodimlar bilan muloqot qilish va kompaniya faoliyatiga oid ma'lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.
Walmart ko‘pincha kam maosh to‘lashi, mehnat sharoitining yomonligi, xodimlar ustidan keskin nazorat o‘rnatishi tufayli tanqid qilib kelinadi.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
12:38 / 11.03.2025