Jahon | 19:51 / 05.06.2021
13195
4 daqiqa o‘qiladi

AQShda ishchi kuchi yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda

Foto: REUTERS/Eileen T. Meslar

Amerika mehnat bozorida ishchilarga bo‘lgan talab may oyida o‘sgani taxmin qilinmoqda. Chunki, mamlakatda koronavirusga qarshi keng qamrovli emlash ishlari olib borilayotgani pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta'sirini sezilarli pasaytirgan. Ammo, kompaniyalar ishchilarni yollashga yangi muammoga to‘qnash kelmoqda. Boisi, millionlab amerikaliklar farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish, qolaversa, ishsizlik nafaqalari bois uyda qolmoqda. Reuters agentligi shu haqda yozmoqda.

Mehnat vazirligi tomonidan tayyorlangan hisobotda qayd etilishicha, pandemiya bilan bog‘liq turg‘unlikdan so‘nggi tiklanish jadval bo‘yicha ketmoqda, deyishga asos borligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, COVID-19 bilan bog‘liq xavotirlar keskin o‘sishni ham to‘xtatib turgan.

«Iqtisodiyotning ochilishi bilan ish o‘rinlarining juda tez ortishini kuzatishimiz kerak, - deydi Moody's Analytics bosh tahlilchisi Rayan Svit. Taklifning cheklanganligi muammoli, lekin bu iqtisodiyotning tiklanishiga xalaqit beradi, degani emas. AQShda stagflyatsiya (stagnatsiya + inflatsiya so‘zlari birikmasi bo‘lib, iqtisodiy pasayish va iqtisodiyotdagi tushkun holat narx-navo o‘sishi (inflatsiya) bilan birga ro‘y berishi) yo‘q va yaqin bir necha yilda bu jarayon ro‘y bermaydi».

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligidan boshqa sohalardagi ish o‘rni o‘tgan may oyida taxminan 650 mingga ortgan bo‘lishi mumkin, aprelda bu raqam 266 000 ish o‘rnini ko‘rsatgan edi. Bu eng ko‘p ish o‘rni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq 2020 yil fevral oyida kuzatilgan qariyb 7,6 mln ish o‘rindan kam albatta.

So‘rovda qatnashgan iqtisodchilar may oyida 400 000 dan 1 mln.gacha ish o‘rni paydo bo‘lishini taxmin qilishgan. 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida oyiga o‘rtacha 451 ming ish o‘rni yaratilgan. Bunga keng qamrovli budjet yordamlari va aholi salomatligining yaxshilanishi turtki bergan.

Ammo, iqtisodiyotning tiklanishi xizmat ko‘rsatish sohasi va ishlab chiqarish quvvatlarini cheklash orqali yetkazib berish zanjiriga tushayotgan yuklamani orttiradi.

Mamlakatda rekord darajada 8,1 mln bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lmoqda. Asosan ayollardan iborat millionlab ishchilar uylarida qolmoqda, chunki ko‘plab maktablar kunduzgi ta'limga o‘tganicha yo‘q. Vaksinalar yetarli bo‘lishiga qaramay, aholining ayrim qatlami emlanishni istamayapti, natijada ba'zi kishilar ishlash fikridan qaytmoqda.

Qayd etilishicha, ishsizlik bo‘yicha davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan haftalik 300 dollar miqdoridagi subsidiya ham ishga qabul qilish jarayonini to‘xtatib turibdi. Mamlakatning 25 shtatidagi respublikachi gubernatorlar esa shu va ishsizlik bo‘yicha boshqa dasturlarni 5 iyundan boshlab to‘xtatmoqda. Ushbu shtatlarga ishchi kuchining 40 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi, imtiyozli davr esa, mamlakat bo‘ylab sentyabr oyi boshida yakunlanadi. Chunki, turli soha kompaniyalari ishchilarni topish va yollashda duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida ma'lum qilib kelmoqda.

Mavzuga oid