Jahon | 14:50 / 07.06.2021
30131
2 daqiqa o‘qiladi

“Tolibon” harakati Tojikiston va Qirg‘izistonga murojaat bilan chiqdi

«Urushning boshlanishi osonga o‘xshaydi, ammo uning borishi, oqibatlari va yo‘qotishlar ancha katta bo‘ladi», deb yozgan Zabihullo Mujohid.

«Tolibon» harakati Tojikiston va Qirg‘izistonni «o‘z muammolarini muloqot yo‘li» orqali hal etishga chaqirdi.

«Tolibon» harakati matbuot kotibi Zabihullo Mujohid Tvitter orqali ana shunday murojaat bilan chiqdi, deb xabar berdi Aziya-Plyus.

«Islom amirligi ikki islom va birodar mamlakatni o‘z muammolarini muloqot yo‘li orqali hal etishga chaqiradi», deb yozdi Mujohid.

Zabihullo Mujohid shuningdek, shunday deb yozgan: «Bizda urushning zarari borasida ulkan amaliy tajriba bor, urushning boshlanishi osonga o‘xshaydi, ammo uning borishi, oqibatlari va yo‘qotishlar ancha katta bo‘ladi».

«Tolibon» avvalroq Tog‘li Qorabog‘dagi nizo bo‘yicha munosabat bildirgan, Tog‘li Qorabog‘ BMT rezoyutsiyasiga muvofiq Ozarboyjonning bir qismi ekanligini ta'kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralarida yashovchi aholi o‘rtasidagi nizo ikki davlat harbiylarining qurolli to‘qnashuviga aylanib ketdi.

To‘qnashuvlarda har ikki tomondan 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 300dan ortiq kishi jarohatlandi.

Mavzuga oid