O‘zbekiston | 11:11 / 09.06.2021
2165
2 daqiqa o‘qiladi

Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan uch nafar bola qutqarildi

Foto: FVV matbuot xizmati

Cho‘milish maqsadida Chirchiq daryosiga borib, uning o‘rtasida qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 8 iyun kuni soat 21:00 da Toshkent shahar FVBning navbatchilik qismiga Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida uchta voyaga yetmagan bolalar qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ma'lum bo‘lishicha, uch nafar bola cho‘milish maqsadida Chirchiq daryosi o‘rtasidagi orolchaga suzib borgan. Ammo suv sathining keskin ko‘tarilgani va oqim tezlashgani tufayli orqaga qaytishni imkoni bo‘lmay qolgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari belgilangan hududga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan uch nafar bola maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilib, ota-onalariga topshirilgan.

Mavzuga oid