Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir qancha avtobuslar harakatiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda
Toshkent shahrida 106- va 184-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati uzaytiriladi hamda 183-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar soni ko‘paytiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida, 2021 yil 14 iyundan boshlab:
106-sonli “Xo‘ja mahallasi — Saodat savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati “Xo‘ja mahallasi” so‘nggi bekatidan O‘qituvchi, Milliy bog‘ ko‘chalari orqali “Uchxoz mahallasi” hududigacha uzaytiriladi va yo‘nalishdagi avtobuslar soni 10 tadan 11 taga (+1) ko‘paytiriladi;
184-sonli “Binokor qo‘rg‘oni — Sergeli 4-dahasi” avtobus yo‘nalishining harakati Qipchoq ko‘chasi, Fayzli mahallasi, THAY, Qumariq ko‘chasi orqali “Mahalliy aeroport-3” so‘nggi bekatigacha uzaytiriladi. Kelgusida yo‘nalishdagi jadvallar soni yo‘lovchilar oqimi shakllanishiga ko‘ra ko‘paytiriladi.
183-sonli "Binokor qo‘rg‘oni - Qo‘yliq dehqon bozori" yo‘nalishidagi avtobuslar soni 4 tadan 5 taga (+1) ko‘paytiriladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025