O‘zbekiston | 19:05 / 16.06.2021
4100
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya parlamenti AES qurilishiga Rossiya va Xitoyni jalb etishni taqiqladi

Avvalroq Chexiya hukumati «Rosatom»ni Dukovani atom elektr stansiyasining yangi energiya bloki qurilishi bo‘yicha tenderdan chiqarib yuborishini ma'lum qilgandi.

Chexiya Dukovani AESini kengaytirish bo‘yicha Rossiya va Xitoyning taklifini ko‘rib chiqmaydi. Mamlakat parlamenti quyi palatasi ana shunday qaror qabul qildi, deb xabar berdi CTK agentligi.

Qayd etilishicha, AES qurilishida faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvga qo‘shilgan mamlakatlar texnologiyasidangina foydalaniladi. Rossiya va Xitoy bu mamlakatlar ro‘yxatiga kirmaydi.

Chexiya bosh vaziri o‘rinbosari va savdo-sanoat vaziri Karel Gavlichek ushbu tuzatishga rozilik bildirdi.

Avvalroq Chexiya hukumati «Rosatom»ni Dukovani atom elektr stansiyasining yangi energiya bloki qurilishi bo‘yicha tenderdan chiqarib yuborishini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid