Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMga qabul jarayoni 20 iyun kuni boshlanadi
Oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi videoselektorda ma'lum qilindi.
Besh kun muddatda aholidan hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga ikki hafta muddatda qo‘shimcha davlat granti asosidagi (imtiyozli) qabul parametrlarini tasdiqlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.
Bu yil ilk marta 9ta nodavlat oliygohlarda 22ta yo‘nalishda talabalarni o‘qitish uchun 500ta davlat granti ajratiladi.
Shuningdek, prezident bu yil oliygohlarga qabul soni o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025