O‘zbekiston | 12:42 / 19.06.2021
3612
2 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzda ikkita masjid binosi yangitdan qurilmoqda

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ikkita masjid binoci yangitdan qurilmoqda. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Shahrisabz shahridagi «Oisha ona» va Shahrisabz tumanidagi «Yangi qishloq-1» jome masjidlarining yangi binosiga ilk g‘isht qo‘yish marosimlari bo‘lib o‘tgan. Unda Musulmonlar idorasi mas'ul xodimi Iskandar Xalilov, Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo Usmonov, Shahrisabz shahar va tuman bosh imom-xatiblari, nuroniy otaxonlar va jamoat vakillari bilan birgalikda masjid poydevoriga ilk g‘ishtni qo‘yishgan.

Qayd etilishicha, yig‘ilganlar masjid qurilish ishlari tez bitishi, uning qurilishiga hissa qo‘shayotgan saxovatpesha insonlar, usta-mutaxassislar, hasharchilar haqqiga duo qilingan.

Ta'kidlanishicha, ushbu masjidlarning yangi binolari hashar va xayriya yo‘li bilan barpo etiladi. Har ikkala masjid zamonaviy va milliy me'morchilik an'analari uyg‘unlashgan holda quriladi. Shuningdek, yuz kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan tahoratxonalar, ma'muriy va xizmat xonalari qurish reja qilingan. Hozir masjidlarning poydevorlari quyilmoqda.

Mavzuga oid