O‘zbekiston | 10:34 / 23.06.2021
2635
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda suv hisoblashning intellektual tizimi joriy etiladi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Fransiyaning Suez International Toshkent shahri uchun suv hisoblashning intellektual tizimini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar to‘g‘risida memorandum imzoladi.

2020 yilning mart oyida Suez International kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, TSST (avvalgi “Suvsoz”) va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “Toshkentda suv ta'minoti transformatsiyasi rejasi” loyihasini amalga oshirish doirasida birgalikda boshqaruv to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan edi.

Birgalikda boshqaruv to‘g‘risidagi kelishuv qator innovatsiyalarni joriy etish, nou-xaularni kiritish, nazorat ko‘rsatkichi va tizimlari, tahlil instrumentlari, raqamli transformatsiya, texnik yordam va xodimlarni o‘qitish orqali suv ta'minoti va suv chiqarilishi operatorining imkoniyatlarini kengaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.

Imzolangan memorandum Toshkentda suv hisoblash intellektual tizimini joriy etish bo‘yicha taraflar o‘rtasidagi hamkorlikning boshqaruv tamoyillarini mustahkamlashi aytiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid