O‘zbekiston | 15:01 / 24.06.2021
9718
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi qator ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi 

Joriy yilning 26 iyun kuni soat 17:00dan 27 iyun soat 18:00gacha «Gran-Pri Toshkent–2021» xalqaro karting musobaqasi o‘tkaziladi. 

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan shahardagi bir necha ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi. Ular:

Shahrisabz ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Amir Temur shohko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Yakub Kolas ko‘chasining Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Taras Shevchenko ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Ushbu yo‘l qismlaridagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid