O‘zbekiston | 16:10 / 25.06.2021
115884
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga kirish bo‘yicha cheklovlar kimlarga tatbiq etilmasligi ma'lum qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahriga kirishga cheklovlar qanday holatlarda tatbiq etilmasligi bo‘yicha ma'lumot berdi.

Joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi.

Ushbu cheklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi belgilandi:

  • Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
  • Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) chet el fuqarolariga;
  • davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;
  • Toshkent shahrida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hududlardan keluvchi shaxslarga (ish joyi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda);
  • Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta bo‘lgan taqdirda);
  • O‘zbekiston Respublikasiga turist bo‘lib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa bo‘lsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;
  • barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari (qum, shag‘al va boshqalar) bilan bog‘liq hollarga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda «O‘zbekiston pochtasi» AJning pochta jo‘natmalarini tashish bilan bog‘liq hollarga;
  • sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining keyingi to‘lqini yuzaga kelishi oldini olish maqsadida aholidan belgilangan sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etishlari va vaksinatsiya tadbirlarida faol qatnashishlarini so‘rab qoladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid