O‘zbekiston | 10:26 / 29.06.2021
1106
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti to‘xtatiladi

Foto: KUN.UZ

29 iyun kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining  “Ko‘makay”, “Siza” hamda “Poytug‘” avtomatik gaz tarqatish shoxobchalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Andijon shahrining “Forobiy”, “Mustaqillikning 21 yilligi”, “Paxtakor”, “Cho‘lpon 100 yilligi”, “Ozodlik”, “Uyg‘urobod”, “Bobur”, “Safoiy”, “Dehqonobod”, “Uyg‘ur”, “Jalabek”, “Dalvarzin”, “Mehnat”, “Madaniyat, “Ittifoq”, “Navro‘z”, “Sholdirama”, “Shodlik” MFYlar hamda Andijon aylana yo‘l bo‘yidagi namunali uylar; 

Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek”, “Ayshaxonum”, “Dalvarzin”, “Ko‘makay”, “Sadda” hamda “Cho‘ntak”, Baliqchi tumanidagi “Siza”, “Navnihol”, “Tovuldi”, “Tulkiobod”, Izboskan tumanidagi “Guliston”, “Daminboychek”, “Bobur”, “Navoiy”, “Oybek, “Ittifoq,” “Qashqarlik”, “Qo‘g‘ay”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Oq oltin”, “O‘rtaqishloq”, “Shinam”, “Beshterak”, “Amir Temur”, “Barhayot”, “Daryobo‘yi”, “Botirobod”, “To‘raobod” hamda “Yangi avlod”  MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari  va ulgurji iste'molchilar uchun 29 iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid