Jamiyat | 12:47 / 29.06.2021
1929
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda fermerga tegishli yerni sotgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida fermer xo‘jaligi yerini sotgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.N. «Z.» fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan yerni firibgarlik yo‘li bilan sotib yuborgani aniqlangan.

U fermer xo‘jaligiga tegishli 10 sotix sug‘oriladigan yerni fuqaro A.ga uy-joy qurish uchun 15 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 13 500 dollarni qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqandda fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan yerni 9 ming dollarga sotayotgan firibgarlar ushlandi

Samarqandda fermer xo‘jaligiga tegishli yerni 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid