Kattaqo‘rg‘on ko‘chalarida tuyaqushlar «sayrga chiqdi»
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ko‘chada tuyaqushlar yurgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan shahar hokimligi axborot xizmati izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on shahrida «Har bir oila-tadbirkor» dasturi bo‘yicha afrika strausi-tuyaqushlar boqish bilan shug‘ullanadigan o‘ndan ziyod tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat olib borishmoqda.
Videotasvirdagi tuyaqushlar tadbirkorlardan biri tomonidan bundan ikki yil oldin olib kelingan jo‘jalar bo‘lib, ular bugun ulg‘ayib, tasvirda ko‘ringanidek voyaga yetgan. Tadbirkor tuyaqushlarni ferma atrofida sayr qildirish uchun olib chiqqanda ular katta yo‘lga chiqib ketishgan va Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab «sayr qilishgan».
«Ayni damda bu holat ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qiziqishiga sabab bo‘ldi. Tuyaqushchilik biznesiga qiziqqan tadbirkorlar shaharga kelib, shunaqa tez yuguradigan afrika tuyaqushlarini xarid qilishlari mumkin», deyiladi shahar hokimligi axborot xizmati izohida.
Mavzuga oid
18:12 / 03.08.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda “Damas” haydovchisi halok bo‘ldi
11:38 / 18.07.2024
Samarqandda avtobus urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi
17:30 / 20.02.2024
To‘rt hududda noqonuniy yer savdolariga chek qo‘yildi
14:01 / 28.09.2023