Jamiyat | 10:59 / 11.03.2025
10924
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarning xonadonidan 250 kg eshak go‘shti va so‘yish uchun tayyorlab qo‘yilgan 4 ta eshak topilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro xonadonida eshak so‘yib, go‘shtini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar davomida Kattaqo‘rg‘on tumanining Yangiqo‘rg‘oncha mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Qirish” kanaliga eshak suyaklari tashlab ketilganligi aniqlangan. Shuningdek, Alijon mahallasining Navro‘z ko‘chasida yashovchi X.K. va X.N. xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Jarayonda xonadon molxonasidan 250 kg eshak go‘shti va so‘yish uchun tayyorlab qo‘yilgan 4 ta eshak topilgan. 

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid