Xorazmlik ota 3 farzandiga aliment o‘rniga uy berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudining 2017 yil 9 martdagi qaroriga ko‘ra, qarzdor M.O. da'vogar B.D. foydasiga 3 farzandining moddiy ta'minoti uchun oylik daromadining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Tuproqqal'a tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atildi.
Majburiy ijro harakatlari davomida aniqlanishicha, qarzdor M.O. aliment pullarini anchadan beri to‘lamay kelganligi sababli umumiy qarzdorlik 51 mln so‘mga yetgan.
Davlat ijrochilari tushuntirish berganidan so‘ng, M.O. o‘ziga tegishli bo‘lgan xonadonni sobiq turmush o‘rtog‘i B.D.ga rasmiylashtirib berishni lozim topdi. Shundan so‘ng, undiruvchi aliment pullaridan to‘liq voz kechdi va ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024
Alimentdan qochib yurgan otani “ilintirgan” xodim – MIB operatsiyasi tafsilotlari
10:50 / 28.10.2024