Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeff Bezos Amazon bosh direktori lavozimini tark etadi
Jyeff Bezos 5 iyulda o‘zi asos solgan Amazon kompaniyasi bosh direktori lavozimini tark etadi. Kompaniya rahbari vakolatlari Amazon Web Services’ga rahbarlik qilgan Endryu Jyessiga o‘tadi. Biroq Bezos kompaniya boshqaruv raisi sifatida qoladi.
“Men o‘zimni hech qachon hozirgidek g‘ayratli his qilmaganman va gap pensiyaga ketish haqida bormayapti. Bugungi kunda Amazon’da yuz millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi 1,3 mln nafar iste'dodli, g‘ayratli odamlar ishlamoqda. Kompaniyaning o‘zi esa dunyodagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan biriga aylangan. Bu qanday yuz berdi? Kashfiyotlar. Kashfiyotlar muvaffaqiyatimiz sababidir. Biz aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirib, keyin ularni odatiy narsalarga aylantirganmiz”, deb aytgan avvalroq Bezos.
Uning ta'kidlashicha, bosh direktor lavozimi ko‘p kuch va g‘ayrat, katta mas'uliyat talab qiladi va boshqa loyihalar uchun vaqt qolddirmaydi. Shu sababli, milliarder o‘z lavozimini tark etishini boshqa loyihalarga, jumladan, o‘zi asos solgan Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga ko‘proq vaqt ajratmoqchiligi bilan tushuntirgan. Ta'kidlab o‘tish joiz, Bezos kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan New Shepard kemasida 20 iyulda fazoga yo‘l oladi.
Amazon kompaniyasi 1994 yilda Sietlda kitoblar sotish bilan shug‘ullanuvchi onlayn platforma sifatida tashkil etilgan. O‘sha vaqtdan beri u elektron tijorat bozoridagi yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi.
Ayni vaqtda Bezos dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, uning boyligi 201,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025