Xorazmda farzandining moddiy ta'minotidan bo‘yin tovlagan otalarga jinoyat ishi ochildi
Xorazm viloyatida voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan qasddan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha bir necha jinoyat ishi ochilgan.
Jumladan, Xonqa tumani, «Madaniy yer» mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan «Hamza» Ma'muriy sudning 2020 yil 14 oktyabrdagi qaroriga asosan, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlashda aybdor deb topilib, tayinlangan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosini o‘tab chiqqan. Shunga qaramay, u 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 iyunga qadar farzandining moddiy ta'minoti uchun 12,9 mln so‘m aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.
Shovot tumani, «Do‘stlik» mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan «Umid» Ma'muriy sudning 2021 yil 8 fevraldagi qaroriga asosan, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlashda aybdor deb topilib, ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Shunga qaramay, 2021 yil 1 yanvardan 1 iyunga qadar farzandining moddiy ta'minoti uchun 4,4 mln so‘m aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.
Urganch shahri, 4-dahada yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan «Shuhrat» Ma'muriy sudning 2021 yil 25 fevraldagi qaroriga asosan, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlashda aybdor deb topilib, ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Shunga qaramay, u 2021 yil 1 fevraldan 1 iyunga qadar farzandining moddiy ta'minoti uchun 5,6 mln so‘m aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.
Barcha holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi ochilgan. Endi qonunbuzarlar 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
11:28 / 26.10.2024
Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
13:34 / 13.10.2024