Senatning yangi qo‘mitasi OAV va ochiqlik bo‘yicha ilk yig‘ilishini o‘tkazdi
Senatda yangi Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Qo‘mita ekspertlar guruhi a'zolari tuzildi va ilk tanishuv majlisi o‘tkazildi.
9 iyul kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasining birinchi majlisi o‘tkazildi. Unda Senat a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Majlisda prezidentning 2021 yil 16 iyundagi farmonida berilgan topshiriqlar ijrosi tahlili hamda qo‘mitaning joriy yil ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasi muhokamasi hamda ekspertlar guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Qo‘mitaning asosiy yo‘nalishlari etib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring yuritish, axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijro etilishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot yoki axborotlarini eshitib borish belgilandi.
Unda qo‘mita faoliyatini takomillashtirish va kelgusi ish rejalari muhokamasi, shuningdek, qo‘mita tarkibida jamoatchilik asosida soha mutaxassislaridan tarkib topgan ekcpertlar guruhi shakllantirildi.
Bu guruh a'zolarining aksariyati mamlakatdagi yetakchi OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlar va yuristlardan tashkil topgan.
Majlisda qo‘mitaning 2021 yil ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.
Qo‘mita nazorat tahlil faoliyatini olib borish yo‘nalishida O‘zbekistonning Internet tezligi bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tezkorligi shaffofligini ta'minlash, aholining Internet tarmoqlari orqali erkin axborot olish imkoniyatlarining holatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborotini eshitadi.
Mavzuga oid
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024