Rossiyaning Afg‘onistondagi bosh konsulxonasi diplomatlari vaqtincha O‘zbekistonga joylashtirildi
Kabulovning ta'kidlashicha, Kobuldagi Rossiya diplomatlari xavfsizligiga nisbatan xatar yo‘q.
Rossiyaning Mozori Sharifdagi bosh konsulxonasi xodimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha O‘zbekistonga ko‘chirildi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma'lum qildi.
"Hayratondagi vaziyat qaltisligi sababli xodimlarimiz xavfsizligini xatarga qo‘ymaslik uchun ularni vaqtincha O‘zbekiston hududiga olib o‘tdik", - dedi u.
Kabulovning ta'kidlashicha, Kobuldagi Rossiya diplomatlari xavfsizligiga nisbatan xatar yo‘q.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi vaziyat xavotirli tarzda rivojlanmoqda.
"Xavotirli, lekin oldindan aytilganidek. Biz oldindan aytgandek rivojlanmoqda", - dedi u.
Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashayotganidan xavotir bildirgandi.
Mavzuga oid
15:30
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30
The Guardian: Rossiya armiyasi Ukrainaning Kursk oblastidagi rejalari haqida oldindan bilgan
14:10
Rossiyada «chet el agentlari»ni kadrlar zaxirasiga kiritish taqiqlandi
12:30