Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Pfizer vaksinasining uchinchi dozasi bilan emlanishni tavsiya qiladi
Hozirda AQSh va Yevropa davlatlari «delta-shtamm»ga qarshi kurashish uchun uchinchi vaksinani olish maqsadga muvofiqligini muhokama qilmoqda.
Ushbu haftadan Isroil katta yoshli fuqarolarga BioNTech/Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi uchinchi dozasi bilan emlanishni taklif qiladi. Bu haqda Isroil sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib Financial Times xabar berdi.
Hozirda AQSh va Yevropa davlatlari «delta-shtamm»ga qarshi kurashish uchun uchinchi vaksinani olish maqsadga muvofiqligini muhokama qilmoqda.
Isroil kasallikning dastlabki ikki to‘lqinini muvaffaqiyatli jilovlay oldi va dunyodagi eng samarali vaksinatsiya kampaniyasini o‘tkazdi. Bugunga qadar mamlakatning 9 mln nafar fuqarosidan 5 mln nafari to‘liq emlab bo‘lingan.
Ammo koronavirusning tajovuzkor «delta» shtammi paydo bo‘lganidan so‘ng vaziyat yana keskinlashdi: sutkalik kasallik holatlari 400dan oshmoqda.
O‘tgan haftada Pfizer kompaniyasi koronavirusga qarshi yanada kuchli immunitet hosil bo‘lishi uchun vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash zarurligi haqida ma'lum qilmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025