Fan-texnika | 15:24 / 13.07.2021
40612
1 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp’da yangi funksiyalar paydo bo‘ladi

Qayd etilishicha, View Once funksiyasi shaxsiy va guruh yozishmalarida ishlaydi. Yozishma vaqtida jo‘natilgan xabar foydalanuvchi bir marta ko‘rganidan so‘ng o‘chib ketadi.

Apple qurilmalari egalari WhatsApp messenjerida o‘zi o‘chib ketadigan xabarlar jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ladi. View Once (Bir marta ko‘r) funksiyasi messenjerning 2.21.140.9 beta-versiyasida paydo bo‘ldi, deb yozadi Wabetainfo.

Qayd etilishicha, View Once funksiyasi shaxsiy va guruh yozishmalarida ishlaydi. Yozishma vaqtida jo‘natilgan xabar foydalanuvchi bir marta ko‘rganidan so‘ng o‘chib ketadi.

Shu bilan birga, xabar o‘chib ketguniga qadar ekrandan skrinshot olish mumkin bo‘ladi. Bunda xabarni jo‘natuvchi skrinshot olinayotganidan xabardor qilinmaydi.

Shuningdek, WhatsApp dasturchilari foto va videolarni hajmini kichraytirmasdan jo‘natish funksiyasi ustida ish olib bormoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid